Marketing oʻzi nima?

Marketing nima degan savolga koʻp marketing mutaxassislari turlicha javob berishadi. Biz AMA( American Marketing Association) keltirgan tarifga qarasak:

Marketing bu xaridorlar, mijozlar, jamiyat uchun qadrli boʻlgan takliflarni yaratish, muloqotla tushuntirish, yetkazib berish, va ularni qoʻllab quvvatlashdir.

Agar siz tepadagi taʼrifni diqqat bilan oʻqib chiqsangiz, marketingning toʻrtta faoliyati yoki tarkibiy qismlari mavjudligini koʻrasiz:

  • Taklif (Creating): Qimmatli takliflarni yaratish uchun yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan hamkorlik qilish jarayoni.
  • Muloqot qilish (Communicating): Umuman olganda, ushbu takliflarni tavsiflash, shuningdek mijozlarni oʻrganish, istaklarini bilish jarayoni.
  • Yetkazib berish (Delivering): Ushbu takliflarni isteʼmolchiga qiymatni optimallashtirgan holda yetkazib berish.
  • Qoʻllash, quvvatlash (Exchanging): Yuqoridagi narsalarni jamlagan holda, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash. Doimiy ularni muammosini oʻrganib, ularga yechimlar berish.

Marketingning tarkibiy qismlarini koʻrishning anʼanaviy usuli toʻrtta Ps orqali amalga oshiriladi:

  1. Mahsulot. Tovarlar va xizmatlar (takliflar yaratish).
  2. Ragʻbatlantirish. (Muloqot qilish)
  3. Joy. Mahsulotni xaridor sotib olishi mumkin boʻlgan darajaga yetkazish (yetkazib berish).
  4. Narx. Mahsulot uchun olinadigan pul miqdori (Qoʻllash, quvvatlash).

1950-yillarning boshlarida kiritilgan toʻrtta Ps marketing aralashmasi yoki mix deb nomlandi, yaʼni marketing rejasi ushbu toʻrt komponentning aralashmasidir.

Marketing bu — qiymat.

Qiymat nimani anglatadi?

Har bir marketing faoliyatimizda qiymat birinchi oʻrinda turadi. Quyidagi suratda yaqqol koʻrishingiz mumkinki, tepada sanagan 4Ps yoki Creating, Communicating, Delivering, Exchangingni oʻz ichiga olgan holda qiymat belgilanadi.

Marketing xaridorlarning qiymatiga asoslangan toʻrtta faoliyatdan iborat: qiymat yaratish, muloqot qilish, yetkazib berish va qoʻllab — quvvatlash.

Oldingi maqolamizda nima uchun marketing o’rganish kerak? degan savolga javob bergan edik. O’qib chiqishni tavsiya qilamiz!

Sharh qoldiring