Marketing o’zi nima?

Marketing — bu xaridorlar, mijozlar, sheriklar va jamiyat uchun qadrli bo’lgan takliflarni yaratish, muloqot qilish, etkazib berish va almashish jarayonlaridir. (AMA)

Filipp Kotler marketingni “mavjud bozor ehtiyojlarini foyda bilan qondirish uchun qiymatni o’rganish, yaratish va etkazib berish fani va san’ati” deb ta’riflaydi. Marketing amalga oshirilmagan ehtiyojlar va istaklarni aniqlaydi. U aniqlangan bozor hajmini va foyda olish imkoniyatlarini belgilaydi, va o’lchaydi

Sodda qilib tushuntirganda, marketing — bozorda mavjud bo’shliq, muammo, tanqischilikni aniqlash va unga to’g’ri yechim berishdir.

Har bir tashkilot, kompaniya borki marketingdan foydalanishi kerak. Marketing bizneslar rivoji uchun asosiy tamal toshi vazifasini o’tab beradi.

Sharh qoldiring