Nima uchun marketingni oʻrganish kerak?

  1. Marketing foydali ishlarni amalga oshirishga imkon beradi

Yaxshi marketing xaridorlarni kerakli mahsulotlarni topishi, ushbu mahsulotlar toʻgʻrisida yaxshiroq qaror qabul qilishi va ulardan eng yuqori qiymatini olishlari uchun tarbiyalaydi. Shu tarzda, marketing har ikki tomonning manfaati uchun xaridorlar va sotuvchilar oʻrtasida almashinuvni osonlashtirishga yordam beradi. Xuddi shunday, yaxshi ijtimoiy marketing odamlarga maʼlumot beradi va oʻzlari va boshqalar uchun sogʻlom qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Barcha biznes egalari marketingni tushunishlari kerak. Ammo marketingda uning biznesdagi rolini tushunishdan tashqari koʻproq narsa bor. Marketing jamiyat uchun ulkan taʼsirga ega bir imkoniyatdir. Buni 1–2 qator jumlalar bilan tariflash qiyin. Umumiy qilib aytganda, marketing juda koʻp foydali ishlarni qilishda asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.

2. Marketing qiymatni yetkazib beradi

Marketing nafaqat mijozlarga qiymat yetkazib beradi, balki ushbu qiymat korxona yoki firmaning qiymatiga aylanadi, chunki u ishonchli mijozlar bazasini rivojlantiradi va sotish va rentabelligini oshiradi. Shunday qilib, marketing qiymatni yetkazib beradi deganimizda, marketing mijozga ham, kompaniyaga ham qiymat beradi.

Franklin D. Rusvelt bir paytlar shunday degan edi: “Agar men hayotni yangidan boshlaydigan boʻlsam, men deyarli boshqalarga qaraganda reklama biznesiga koʻproq eʼtibor berar edim. Soʻnggi yarim asr davomida barcha sivilizatsiya guruhlari oʻrtasida zamonaviy sivilizatsiya standartlari bilimlarini keng ommaga yoyish va uni koʻtarish marketingdan foydalangan holda yuqori standartlar haqidagi bilimlarni tarqatmasdan imkonsiz boʻlar edi.

3. Marketing jamiyat, millatga foyda beradi

Marketing odamlar hayotini ikki jihatdan yaxshilash orqali umuman jamiyatga foyda keltiradi. Birinchidan, biz aytib oʻtganimizdek, bu savdoni osonlashtiradi. Moliyaviy savodxonlikda oʻrganganingizdek, savdo-sotiq qilish odamlarning hayotini yaxshilaydi. Aks holda odamlar buni qilmas edilar. (Agar “Kastavay” filmidagi Tom Henksning obrazida boʻlgani kabi, Robinzon Kruzoga oʻxshash hayot kechirishingiz kerak boʻlsa, siz qanday dahshatli hayot kechirishingizni tasavvur qiling.)

Yaxshi marketing yana-da muvaffaqiyatli kompaniyalar, tashkilotlar, muassasalar degani, ish oʻrinlari yaratiladi. Bu esa oʻz navbatida odamlar uchun boylik hosil qiladi, keyinchalik ular kundalik va ehtyojiy xaridlarni amalga oshirishga qodir, bu esa jamiyatda koʻproq ish oʻrinlarini yaratishga imkon beradi.

4. Marketing odamlarga martaba, kasb qilish imkoniyatlarini beradi

Marketing — bu ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasidagi munosabatdir. Boshqacha qilib aytganda, bu butun biznes birlashadigan tashkilotdagi yagona funksiya.

Kompaniyangiz uchun Byudjet shakllantirish, hamda mijozlaringizda mahsulotingiz, xizmatingizga nisbatan qoniqish, mamnunlik hosil qilish ham marketing karyera, martabasini ulugʻlaydi.

Bundan tashqari, marketing biznesning juda qiymatli qismi boʻlishi va uning muvaffaqiyati uchun juda muhim boʻlganligi sababli, kompaniyalar faol ravishda yaxshi marketing odamlarini qidiradilar.

Siz bilib olganingizdek, marketing kasbida juda koʻp turli xil ish joylari mavjud. Quyida baʼzi birlarini keltirishni joiz deb bildik.

Marketing tadqiqotlari xodimi(Marketing research manager). Marketing tadqiqotlarida xodimlar firmalar uchun qanday strategiya yoki taktika yaxshiroq ishlashini tushunish uchun bozorlar va xaridorlarni oʻrganish uchun javobgardir.

Savdo-sotiq xodimi (Merchandising manager). Chakana savdoda savdogarlar Target va Walmart kabi chakana sotuvchilarga ulgurji savdogarlar qanday mahsulotlarni sotishlari kerakligi boʻyicha strategiyalarni ishlab chiqishga masʼuldirlar.

Sotuv boʻlimi xodimi (Sales manager). Sotuvchilar mijozlar bilan uchrashadilar, ularning ehtiyojlarini aniqlaydilar, muammolarga yechimlar, takliflar qiladilar va mijozning mamnuniyatiga ishonch hosil qiladilar. Savdo boʻlimlari, shuningdek, taklifni yaratish ustida ishlaydigan savdo-sotiqni qoʻllab-quvvatlash guruhlarini ham oʻz ichiga olishi mumkin.

Reklama xodimi (Advertising manager). Reklama agentligi uchun boʻladimi yoki kompaniya ichida boʻladimi, baʼzi marketing xodimlari reklama bilan ishlaydi. Televizion reklamalar va bosma reklama, reklama aralashmasining faqat bir qismidir. Reklama sohasida ishlaydigan koʻplab odamlar oʻzlarining barcha vaqtlarini veb-saytlar va ularning pop-up reklamalari, podkastlari va shunga oʻxshash narsalar kabi elektron ommaviy axborot vositalari uchun reklama yaratishga sarflaydilar ham.

Mahsulotni ishlab chiqish xodimi(Product development manager). Mahsulot ishlab chiqaradigan odamlar firma mijozlarining ehtiyojlarini qondiradigan xususiyatlarni aniqlash va yaratish uchun javobgardir. Ular koʻpincha qiymat yaratilishini taʼminlash uchun muhandislar yoki boshqa texnik xodimlar bilan ishlashadi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing xodimi (Direct marketing manager). Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing boʻyicha mutaxassislar kompaniyaning mahsulot takliflari toʻgʻrisida mijozlar bilan elektron pochta, chat liniyalari, telefon yoki toʻgʻridan-toʻgʻri pochta kabi kanallar orqali bogʻlanishadi.

Raqamli ommaviy axborot vositalari xodimi (Digital Media manager). Raqamli ommaviy axborot vositalarining mutaxassislari reklama, toʻgʻridan-toʻgʻri marketing va marketingning boshqa yoʻnalishlarini ijtimoiy tarmoqlar, Internet va mobil vositalar (shu jumladan matnlar) orqali mijozlar bilan bevosita muloqot qiladigan xodimlardir. Shuningdek, ular qaysi isteʼmolchilar qaysi xabarni qabul qilishlarini aniqlash bilan bir qatorda, maʼlumotlar bilan ishlaydigan xodimlar yordamida, tahlillar bilan ham ishlashadi.

Voqealar marketingi xodimi (Event marketing manager). Baʼzi marketing xodimlari maxsus tadbirlarni rejalashtirishadi, potensial va hozirgi mijozlar bilan yuzma-yuz suhbatlarni maxsus muhitda tashkil qilishadi.

Marketingdagi kasbiy yoʻnalish turli yoʻllar bilan boshlanishi mumkin. Bizning diyorlarda aynan SMM, Targeting, Digital Marketing, Marketing mutaxassislariga boʻlgan talab kun sayin oshib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda: Marketing isteʼmolchilarga ham, korxonalarga ham qiymat yetkazib beradi. Ushbu jarayon kengroq miqyosda ish oʻrinlarini yaratadi va jamiyat hayotining sifatini yaxshilaydi. Marketing foyda va zararga birdek tushishi mumkin, shuning uchun korxonalar marketing faoliyatini boshqarish uchun yaxshi, o’z kasbini ustasi, shijoatli odamlarni yollashlari kerak.

One Comment

Sharh qoldiring